XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMAN KENGASHIGA SAYLOV O‘TKAZUVCHI KATTAQO‘RG‘ON TUMAN SAYLOV KOMISSIYASINING Q A R O R I

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMAN KENGASHIGA SAYLOV O‘TKAZUVCHI KATTAQO‘RG‘ON TUMAN SAYLOV KOMISSIYASINING

Q A R O R I

 

1-son                                                                   2022 yil “5” yanvar

 

 

7 – MULLATOG‘AY  VA 24 – YANGIQURG‘ONCHA SAYLOV OKRUGLARI BO‘YICHA BO‘SHAB QOLGAN O‘RINGA XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMAN KENGASHI DEPUTATLIGIGA SAYLOV O‘TKAZISH  HAQIDA

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov Kodeksining 20- va 93-moddasiga muvofiq Xalq deputatlari tuman kengashiga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyasi

 

Q A R O R  Q I L A D I :

 

1.Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashining  7 –Mullatog‘ay va    24 –YAngiqurg‘oncha   saylov okruglari bo‘yicha  bo‘shab qolgan o‘ringa xalq deputatlari  tuman Kengashi deputati saylovini tayinlash to‘g‘risidagi    2021 yil 28- dekabr’dagi  VI-47-106-7-96-K/21 -sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.

2.Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman saylov komissiyasining COVID-19 pandemiyasi sharoitida xalq deputatlari  tuman Kengashiga Kengashining  7 –Mullatog‘ay va    24 –YAngiqurg‘oncha   saylov okruglaridan bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Kengashining  7 –Mullatog‘ay va    24 –YAngiqurg‘oncha   saylov okruglarida bo‘shab qolgan o‘ringa xalq deputatlari  tuman kengashi deputatligiga  saylovni o‘tkazish maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi haqida Hudud (tuman)ga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha hududiy (shahar, tuman) maxsus komissiyasi(bundan buyon - Maxsus komissiya)ning xulosasi so‘ralsin.

 

4. Kengashining  7 –Mullatog‘ay va    24 –YAngiqurg‘oncha   okruglari saylov hududidagi (mahallalar, ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar ro‘yxati) va saylovchilar soni haqidagi ma’lumotlar maxsus komissiyaga taqdim etilsin.

 5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman saylov komissiyasi raisining kotibi  U.Umarov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

 

 

Kattaqo‘rg‘on tuman

saylov komissiyasi raisi                                          N. Jo‘raev

 

 

 

 

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMAN KENGASHIGA SAYLOV O‘TKAZUVCHI KATTAQO‘RG‘ON TUMAN SAYLOV KOMISSIYASINING

Q A R O R I

 

2-son                                                                   2022 yil “5 ”yanvar’

 

 

7 – MULLATOG‘AY  VA 24 – YANGIQURG‘ONCHA SAYLOV OKRUGLARI BO‘YICHA BO‘SHAB QOLGAN O‘RINGA XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMAN KENGASHI DEPUTATLIGIGA SAYLOV KUNINI TAYINLASH HAQIDA

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov Kodeksining 20 va 93-moddasiga asosan Xalq deputatlari tuman kengashiga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyasi

 

Q A R O R  Q I L A D I :

 

1. Bo‘shab qolgan o‘ringa xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman kengashi deputatligiga  saylov o‘tkazish ko‘zda tutilgan Kengashining  Kengashining   7 –Mullatog‘ay va    24 –YAngiqurg‘oncha   saylov okruglari hududidagi uylarni epidemiologik vaziyat, ushbu hududda saylovni o‘tkazish maqsadga (tegishliligiga ko‘ra: muvofiqligi, muvofiq emasligi) yuzasidan Hudud (tuman)ga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha hududiy (tuman) maxsus komissiyasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

 2. Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman kengashiga  Kengashining  7 –Mullatog‘ay va    24 –YAngiqurg‘oncha      saylov okruglari bo‘yicha bo‘shab qolgan o‘ringa saylov 2022 yil 30 yanvar kuni etib belgilansin.

3. Kengashining  7 –Mullatog‘ay va    24 –YAngiqurg‘oncha   saylov okruglarida bo‘shab qolgan o‘ringa saylovni o‘tkazish uchun hududdagi saylovchilar va saylov tashkilotchilarining COVID-19 koronovirus kasalligini yuqtirib olishlarini oldini olish, saylovni betalofat o‘tkazish maqsadida himoya kiyimlari va dezinfeksiya vositalari, saylov o‘tkazish bilan bog‘liq harajatlar yuzasidan ehtiyojni aniqlash hamda shu haqda hokim farmoyishi loyihasiga taklif tayyorlash uchun ilovaga muvofiq ishchi guruhi tarkibi tasdiqlansin.

Ishchi guruhi uch kun ichida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan komissiya yig‘ilishda axborot berishi belgilab qo‘yilsin.

3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman saylov komissiyasi raisining kotibi U.Umarov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

 

 

Kattaqo‘rg‘on tuman

saylov komissiyasi raisi                                          N.Jo‘raev

 

 

 

 

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMAN KENGASHIGA SAYLOV O‘TKAZUVCHI KATTAQO‘RG‘ON TUMAN SAYLOV KOMISSIYASINING

Q A R O R I

 

3-son                                                                   2022 yil “ 5 ” yanvar’

 

 

7 – MULLATOG‘AY  VA 24 – YANGIQURG‘ONCHA SAYLOV OKRUGLARI BO‘YICHA BO‘SHAB QOLGAN O‘RINGA XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMAN KENGASHI DEPUTATLIGIGA  SAYLOV O‘TKAZISHDA SAYLOV KOMISSIYA A’ZOLARINI  COVID-19 KORONOVIRUS INFEKSIYASINI YUQTIRIB OLISHINI OLDINI OLISH QOIDALARINI O‘RGATISH HAMDA TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZISH HAQIDA

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov Kodeksining 20- va 93-moddasiga asosan Xalq deputatlari tuman kengashiga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyasi

 

Q A R O R  Q I L A D I :

 

1.1 – Omonboy va 22 – Qo‘shtepa saylov okruglari bo‘yicha bo‘shab qolgan o‘ringa xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman kengashi deputatligiga  saylov o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan tuman saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyalari a’zolari uchun COVID-19 koronovirus infeksiyasini yuqtirib olishini oldini olish qoidalarini o‘rgatish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv seminari tashkil etilsin hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilsin.

(Izoh: Ushbu seminarni o‘tkazish vaqti va Dasturini loyihasini tayyorlash kerak)

2. O‘quv seminari davomida saylovchining ijtimoiy masofani saqlashi, himoya niqoblari, dezinfeksion vositalari, tibbiy qo‘lqoplar, tibbiy kiyimlar, pirometrlardan foydalangan holda saylov jarayonining amaliyoti o‘tkazilsin.

Belgilab qo‘yilsinki, o‘quv seminari boshlanishidan oldin barcha komissiya a’zolari tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi hamda barcha sanitariya talablariga qat’iy rioya qilingan holda o‘tkaziladi.

3. Hudud ( tuman)ga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha hududiy ( tuman) Maxsus komissiyasidan o‘quv seminarini va tibbiy ko‘rikni o‘tkazish uchun tegishli komissiya a’zosini biriktirilishida, zarur himoya va dezinfeksiya vositalari ajratilishida amaliy yordam berish so‘ralsin.

4.Tibbiy ko‘rik natijasiga ko‘ra COVID-19 koronovirus infeksiyasi bilan kasallanganligi aniqlangan komissiya a’zolari belgilangan tartibda davolashga yuborilsin va komissiya a’zoligidan chiqarilsin. Komissiya a’zoligiga yangi nomzodlar qonunda belgilangan tartibda  saylansin.

         5.Tuman saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari (U.Xusanov)ga saylov komissiyalari a’zolarini o‘quv seminari va tibbiy ko‘rikka belgilangan tartibda etib kelishlarini ta’minlash hamda barcha komissiya a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 11 maydagi 0372-20-son SanQvaM “COVID-19 pandemiyasi davrida cheklash tadbirlarini qo‘llanishi sharoitida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risidagi vaqtinchalik sanitariya qoida va me’yorlari”  etkazish topshirilsin.

         6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.

 

 

 

 

 

Kattaqo‘rg‘on tuman

saylov komissiyasi raisi                                          N.Jo‘raev

 

 

2015-2024 © Government of Kattakhurgan district. Maked by: SAKTRM