Kattaqo‘rg‘on tuman hokimining tuman hududida ijtimoiy soha obyektlari hamda turar-joy binolarini isitish mavsumi bo`yicha FARMOYISHI

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-sentabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022/2023-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 522-sonli Qarori hamda Samarqand viloyati hokimining 2022-yil 24-oktabrdagi 234-7-0-F/22-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida:

1. Tuman hududida ijtimoiy soha obyektlari hamda turar-joy binolarini isitish mavsumi 2022-yilning 31-oktabr kunidan boshlanishi belgilansin.

2. “Kattaqo‘rg‘ontumangaz” gaz ta’minoti filiali (F.Sharipov), “Qoradaryo elektr tarmoqlari korxonasi” (P.Nazarov), “Samarqandsuvta’minoti” MCHJ tuman filiali (F.Pirmatov)ga:

         - tuman hokimligi, tuman ijtimoiy soha tashkilotlari va kommunal soha korxonalarida 2022-yilning 31-oktabridan boshlab kecha-yu kunduz ishlovchi shtablarni tashkil qilish;

         - ijtimoiy soha obyektlariga va aholi yashash uy-joylariga,  “Kattaqo‘rg‘ontumangaz” gaz ta’minoti filiali, “Qoradaryo” elektr tarmoqlari korxonasiga uzluksiz hamda bir me’yorda tabiiy gaz hamda elektr energiyasi quvvati yetkazib berilishini ta’minlash;

         - tabiiy gaz yetib bormaydigan aholi punktlarini suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash vazifalari yuklatilsin.

         3. “Kattaqo‘rg‘ontumangaz” gaz ta’minoti filiali (F.Sharipov), “Qoradaryo” elektr tarmoqlari korxonasi (P.Nazarov), “Samarqandsuvta’minoti” MCHJ tuman filiali (F.Pirmatov) tuman hokimligi bilan birgalikda tezkor avariya tiklash xizmatlarini tashkil qilsin hamda ularni maxsus texnika va jihozlar bilan ta’minlasin.

         4. Tuman hokimi o‘rinbosari (L.Raxmonov)ga tuman Xalq ta’limi bo‘limi (S.Mingboyev), Tuman Tibbiyot birlashmasi (M.Asrorova), tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi (U.Umirzoqov) bilan birgalikda 2022-yilning 1-noyabriga qadar ijtimoiy soha muassasalariga;

         - MFY raislari bilan birgalikda 2022-yilning 1-dekabriga qadar tuman aholisiga ko‘mir mahsulotlarining to‘liq yetkazib berilishini ta’minlash vazifalari yuklatilsin.

         5. Tuman Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi (D.Mo‘minov), “Kattaqo‘rg‘ontumangaz” gaz ta’minoti filiali (F.Sharipov), “Qoradaryo” elektr tarmoqlari korxonasi (P.Nazarov)ga kuz-qish mavsumida iste’molchilarga sifatli tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib berilishini nazorat qilish, noqonuniy foydalanuvchilarni aniqlash va ularga nisbatan qonuniy choralar ko‘rish, elektr va gaz jihozlaridan foydalanish xavfsizligini nazorat qilish vazifalari topshirilsin.

         6. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari L.Raxmonov zimmasiga yuklansin. 

   

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM