Davlat dasturi ijrosi tahlil qilinmoqda

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Prezidentimizning “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni, tuman hokimining tegishli qarorlarining tumandagi ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazilmoqda.

Xususan, Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashining ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi M.Qodirova tumandagi 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarini ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga o‘qitish amaliyotini bosqichmabosqich yo‘lga qo‘yish yuzasidan olib borilayotgan ishlar holatini o‘rgandi. Shuningdek, maktabda o‘quvchilarni kasb-hunar o‘qitish yo‘nalishida maktab o‘qituvchi murabbiyi Gʻ.Jo‘rayev tomonidan haykaltaroshlik, tasviriy san’at sirlari o‘quvchilarga o‘rgatib kelinmoqda.

Shuningdek doimiy komissiya raisi M.Qodirova tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasida aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yaqinlashtirish va fuqarolarni sifatli tibbiy xizmatlar bilan ta’minlash, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, shuningdek, bemorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish holati o‘rganildi.

2015-2023 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM