Янгиликлар

CHORSHANBA TADBIRKORLAR VA HOKIM YORDAMCHILARI BILAN ISHLASH KUNI

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Bugun Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Jamshid Nasriddinov tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, yangi taklif va tashabbuslarni ko‘rib chiqish, muhokama qilish hamda tegishli chora-tadbirlarni belgilash maqsadida navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli”ni o‘tkazdi. Qabulda tuman prokurori Shuhrat Xolmurzayev ham ishtirok etdi. 

KATTAQO‘RGʻONLIK QAHRAMONLAR HOLIDAN XABAR OLINDI

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Navro‘z bayrami munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on  tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, Kattaqo‘rg‘on garnizoni 02855 harbiy qism qo‘mondonligi, Kattaqo‘rg‘on tumani mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i Yusuf Mamataliyevlar va tegishli mas’ullar tumanda istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari: Bog‘ot mahallasida istiqomat qilib kelayotgan urush qatnashchisi Rahmat bobo Qobulov hamda Tarnov mahallasida istiqomat qilib kelayotgan urush qatnashchisi Rayim bobo Yusupovlar xonadonlarida bo‘lib, qahramonlarning holidan xabar olishdi.

QURAYOTGAN MULKINGIZGA HUJJAT QILOLMAYSIZ! AGAR...?

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Yuridik, jismoniy, pudratchi va byurtmachi tashkilotlar diqqatiga! O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 23 noyabrdagi shaharsozlik faoliyatida ruxsat berish tartibi tamoyillarini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritish va qo‘shimchalar kiritish shuningdek, ba’zilarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi 619-Son qarori  2-bandida Qurilish uy-joy kommunal sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga 2024-yil 1-apreldan hududiy inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tmagan holda qurilgan ob’yektlarni instrumentál texnik tekshiruvdan o‘tkazib, foydalanishga ruxsat berish ishlari to‘xtatish topshirilgan. 

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM