KATTAQO‘RGʻONLIK QAHRAMONLAR HOLIDAN XABAR OLINDI
22.03.2024 - 12:25Navro‘z bayrami munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, Kattaqo‘rg‘on garnizoni 02855 harbiy qism qo‘mondonligi, Kattaqo‘rg‘on tumani mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i Yusuf Mamataliyevlar va tegishli mas’ullar tumanda istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari: Bog‘ot mahallasida istiqomat qilib kelayotgan urush qatnashchisi Rahmat bobo Qobulov hamda Tarnov mahallasida istiqomat qilib kelayotgan urush qatnashchisi Rayim bobo Yusupovlar xonadonlarida bo‘lib, qahramonlarning holidan xabar olishdi.