XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I

Tumandagi mavjud ayrim mahalla fuqarolar yig‘inlari, ko‘chalarni nomlash va qayta nomlashning qonun talablariga muvofiqligi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2021-yil 24-iyundagi 03-08/1463-sonli xatini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida” gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashining VI chaqiriq sessiyasi
QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2021-yil 24-iyundagi  03-08/1463-sonli xatiga asosan tumandagi mavjud ayrim mahalla fuqarolar yig‘inlari va ko‘cha nomlarining qonun talablariga muvofiqlashtirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Tumandagi mavjud ayrim mahalla fuqarolar yig‘inlari, ko‘cha nomlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3.Tuman hokimi o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi (Sh.Pulatov), tuman Madaniyat bo‘limi (A.Xoliqov), tuman Obodonlashtirish boshqarmasi (I.Nurmurodov), tuman “Yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasi (Y.Rustamov)ga:
-bir oy muddatda tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlari, ko‘cha nomlari ushbu qaror ilovasiga muvofiq tasdiqlangan ro‘yxat asosida nomlarni qaytadan o‘rnatish;
-olib borilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilangan muddatda xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalari muhokamasiga kiritish vazifasi yuklatilsin.
5.) “Kattaqo‘rg‘on haqiqati” gazetasi tahririyati (O‘.Usmonov), tuman hokimligi axborot xizmati (J.Safarov) ushbu qarorning o‘rnatilgan tartibda e’lon qilinishini hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasin.
6. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Sanoat, transport, qurilish, aloqa, kommunal xo‘jalik hamda aholiga xizmatlar ko‘rsatish komissiyasi rahbari J.Jumayev, tuman hokimining o‘rinbosari L.Raxmonov va mutasaddi tashkilotlar zimmalariga yuklansin.

Kengash raisi                                      J.Nasriddinov

2015-2022 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM