HOTEL TURON: KATTAQO‘RGʻONDA ZAMONAVIY MEHMONXONALAR KO‘PAYMOQDA

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Yurtimiz aholisi va chet ellik sayyohlarga qulayliklar yaratish, mamlakatimizda turizmni yanada rivojlantirish maqsadida bugun Kattaqo‘rg‘on tumanida barcha sharoitlarga ega zamonaviy yangi mehmonxona – “Turon” foydalanishga topshirildi.

Tadbirda tuman hokimi Jamshid Nasriddinov ishtirok etib, ushbu mehmonxona Kattaqo‘rg‘onda turizm sohasini rivojlantirishga xizmat qilishini e’tirof etdi.

Tadbirkor Shuhrat Sirojiddinov tomonidan o‘z mablag‘i evaziga qurilgan mehmonxona 60 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, uning tarkibida shinam oilaviy restoran va savdo markazi mavjud. Mazkur maskanda 15 ta ish o‘rni yaratildi.

Umuman olganda, mehmonxona mahalliy va xorijiy sayyohlarni qabul qilish uchun barcha sharoitlarga ega.

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM