TUMANDA BOLALARNI MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIGA QAMROV DARAJASI 69 FOIZGA YETKAZILADI

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Kattaqo‘rg‘on tumanida 2023-yilda  maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalar qamrovini oshirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirildi.
Tumanimizda 2023-yilning 1-iyul holatiga viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasining ma’lumotiga asosan 3-7-yoshlilar soni jami 24 233 nafardan 25 098 nafarga ortib, maktabgacha ta’lim tashkilotlar soni 206 tadan 210 taga oshdi. Bugungi kunga kelib, jami MTTlar soni 210 ta bo‘lib, ularga 14 705  nafar bolalar qamrab olingan. Jumladan, 10107 nafar tarbiyalanuvchi 66 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga, 174 nafar tarbiyalanuvchi uchta nodavlat (xususiy) maktabgacha ta’lim tashkilotiga, 1202 nafar tarbiyalanuvchi 13 ta davlat-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotiga hamda 3222 nafar tarbiyalanuvchilar 128 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga jalb etilib, qamrov darajasi 58,8 foizni tashkil etmoqda. 
Tumanda 2023-yil “Yo‘l xaritasi”ga asosan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etish hamda 3-7 yoshlilar qamrovini oshirish borasida quyidagi ishlarni amalga oshirilishi rejalashtirilgan:
 - 2023-yilda Investitsiya dasturi asosida 2 ta, jumladan, 3-sektor hududidagi Omonboyko‘prik MFYda 12-sonli DMTTni rekonstruksiya qilish natijasida qo‘shimcha 35 o‘rinli, 1-sektor hududidagi Jonkel MFYda 37-sonli DMTTni rekonstruksiya qilish natijasida qo‘shimcha 40 o‘rinli, jami 75 o‘rinli;
- 1-sektor hududidagi Jonkel MFYda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan yangi 22-sonli DMTT tashkil etish orqali quvvati 90 o‘rinli;
- Yovi MFY dagi 108-maktab binosidan 120 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etish;
- Bog‘ot MFY dagi 96-maktabning eski binosida 2-maktabgacha ta’lim tashkilotiga qo‘shimcha  90 o‘rinli quvvat yaratish;
- 2023-yil “Open byudjet” loyihasi asosida “Alijon” va “Yangiobod” MFY larda quvvati 90 o‘rinli bo‘lgan 2 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etib, 180 nafar tarbiyalanuvchini qamrab olish;
- Kattaming MFY da tikuv-trikotaj fabrikasi binosida quvvati 90 o‘rinli davlat xususiy-sherikchilik asosida tashkil etish;
- Maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan 6 yoshli bolalar uchun 60 ta majburiy  bepul bir yillik maktab ta’limiga  tayyorlov guruhlarini tashkil etish orqali 1800 nafarga oshirish; 
- Qamrovi 50 foizdan past bo‘lgan 36 ta MFYlarda 64 ta oilaviy MTT tashkil etish hisobidan 2100 o‘rinli, jumladan 1-sektorda 15 ta quvvati 475 o‘rinli,  2-sektorda 12 ta quvvati 375 o‘rinli, 3-sektorda 17 ta quvvati 575 o‘rinli hamda 4-sektorda 20 ta quvvati 675 o‘rinli quvvat yaratiladi.
“Obod qishloq” dasturi doirasida 4-sektor hududidagi “Yonboshsoy” MFY da  quvvati 60 o‘rinli 62-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etildi.1-sektor hududidagi “Mo‘minxo‘ja” MFYda “Kamalak Shamshod fayz nur” nomli Davlat-xususiy sherikchilik asosidagi  MTTni foydalanishga topshirish hisobiga quvvat 120 o‘ringa oshirildi.
Tumanda 2023-yil yakuniga qadar 5 ta davlat hamda  64 ta nodavlat MTTlar tashkil etilib,  2655 o‘rinli quvvat yaratiladi hamda 25 098 nafar  3-7 yoshli bolalarning 17360 nafari maktabgacha ta’lim tizimiga qamrab olinishi orqali qamrov darajasi 69,1 foizga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, bugungi kunda tumandagi 66 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari imkoniyati o‘rganilib chiqilganda, ulardan 18 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida quvvati 410 o‘rinli, 18 ta qo‘shimcha guruhlar tashkil etish imkoniyati mavjudligi aniqlandi hamda ushbu guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida tumandagi 3-7 yoshlilar qamrov darajasiga 1,6 foiz qo‘shilishiga erishiladi.

 

Jahongir SAFAROV.

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM