INDONEZIYALIK TADBIRKOR RESTU IMANSARI KATTAQO‘RGʻONGA KELDI

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi pillani qayta ishlash va ipak mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Kumush tola" xususiy korxonasida Indoneziyalik tadbirkor Restu Imansari Kusumaningrum mehmon bo‘ldi. 

Tuman hokimining o‘rinbosarlari hamrohligida korxonaga kelgan indoneziyalik tadbirkorlar dastlab pilla xom ashyosini qayta ishlash jarayonini ko‘zdan kechirdi. So‘ngra, korxonada ipak mahsulotlari ko‘rgazmasi va qo‘lda ipak tolali gilamlar to‘qish jarayoni bilan tanishdi. Ipak mahsulotlari mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
 
Mehmonlarga shahar hokimi, senotor Gavhar Alimova, tuman prokurori Shuhrat Xolmurzayev hamrohlik qildi. 

Bugungi kunda korxonada umumiy hisobda 200 nafarga yaqin ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Ularning asosiy qismini ayollar tashkil etadi.

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM