Kattaqo‘rg‘on tumanidagi barcha maktablarda “Maktab – ota-ona – mahalla” hamkorligini yanada mustahkamlash bo‘yicha seminarlar o‘tkazilmoqda.

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi barcha maktablarda “Maktab – ota-ona – mahalla” hamkorligini yanada mustahkamlash bo‘yicha seminarlar o‘tkazilmoqda.    

Unda tuman sektor va tashkilot rahbarlari qatnashdi hamda joriy yilning 5 fevral kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar, xususan, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va kasbga yo‘naltirish, tarbiyasi va o‘qishida muammo bo‘lgan farzandlar bilan ularning ota-onalari hamda mahalla faollari hamkorligida samarali ishlash masalalariga e’tibor qaratdi. 

Seminarda “Maktab – ota-ona – mahalla” hamkorligini, o‘g‘il-qizlarimizning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar ta’lim-tarbiyasida jamoatchilikning o‘rni va ta’siri haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Shuningdek, ota-onalar, maktab direktorlari, mahalla raislarining "Maktab-ota-ona-mahalla" hamkorligi bo‘yicha hisobotlari, fikrlari tinglandi.

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM