Kattaqo‘rg‘on tumanida tez tibbiy yordam stansiyasi yangi binoda ish boshladi

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Endilikda Kattaqo‘rg‘on tumanida Tez tibbiy yordam xizmati stansiyasi xodimlari “Tashabbusli byudjed” mablag‘lari evaziga 2 qavatli 16 ta xonadan iborat zamonaviy barcha qulayliklar va shart-sharoitlarga ega bo‘lgan yangi binoda faoliyat olib borishadi. 

Bugun Tez tibbiy yordam xizmati stansiyasining ochilish marosimida tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Suhrob Zayniyev, keng jamoatchilik vakillari hamda Tez tibbiy yordam xizmati bo‘limi xodimlari ishtirok etishib, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Bugungi kunda Tez tibbiy yordam xizmati stansiyasida 23 ta brigada mavjud bo‘lib, 295 minga yaqin aholiga xizmat ko‘rsatadi. Stansiyada 81 nafar oliy toifali shifokorlar, 142 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari va 113 nafar haydovchilar faoliyat yuritib, bularga 6 ta zamonaviy folkswagen avtomobil va 17 ta damas avtomobili xizmat ko‘rsatadi.

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM