Kattaqo‘rg‘onda bahorgi mavsumda "Yashil makon" yaratish uchun 1.5 milliondan ortiq ko‘chat zaxirasi bor

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Kattaqo‘rg‘on tumanida bahorgi mavsumda 807000 to‘p mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan bo‘lib, tuman 1.5 million ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari mavjud.

Bunga misol Kattaqo‘rg‘on Davlat o‘rmon xo‘jaligida 861 mingdan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar, "Kumush tola" xususiy korxonasi ko‘chatxonasida 400 mingdan ortiq tut ko‘chatlari mavjud, "Suhrob Eshnazarov" ko‘chatchilik fermer xo‘jaligida 60 mingdan ortiq mevali daraxt ko‘chatlari mavjud. Bundan tashqari ko‘chat yetishturuvchi xonadonlarda 120 mingdan ortiq tut, tok, terak va mevali daraxt ko‘chatlari mavjud.

Ko‘chatlarni yetishtirish va yetkazib berishda narx asossiz oshib ketmasligi uchun joylarda 25 dan ortiq ko‘chat yarmarkalari va savdo nuqtalari tashkil etildi.

Siz ham bundan chetda qolmay, "YASHIL MAKON" umummilliy loyiha doirasida tumanimizni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishda o‘z munosib hissangizni qo‘shing.

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM