XITOYLIK HAMKORLARNING TUMANGA JAVOB TASHRIFI KELDI

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda xorij sarmoyadorlari uchun qulay ishbilarmonlik muhiti shakllanib, O‘zbekiston – Xitoy o‘rtasidagi do‘stona aloqalarning yangi bosqichda rivojlanayotgani to‘g‘ridan - to‘g‘ri xorij investisiyalarini jalb etishga qulay imkoniyat yaratdi.

Yaqinda viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov boshchiligida Kattaqo‘rg‘on tumani va Kattaqo‘rg‘on shahri delegatsiya a’zolari Xitoy Xalq Respublikasining Shandun va Henan provinsiyalarida bo‘lib, mamlakat mintaqalari rahbarlari va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazgan эди. (https://t.me/kattakurgon_tuman/25536?single

Kuni kecha Katttaqo‘rg‘on tumani hokimi Jamshid Nasriddinov Xitoyning Xebey provinsiyasidan " JIAJI IMPORT END EXPORT" Co Ltd rahbari Wang Xiangwu janoblari boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv davomida investorlar bilan tumanda qiymati 35 million dollarlik "Logistika markazini tashkil etish" loyihasi bo‘yicha kelishuvlar olib borildi. So‘ng, hamkorlar bilan birgalikda loyiha uchun yer maydonlari o‘rganildi.

Kattaqo‘rg‘on tumani iqtisodiy va logistika sohalari jihatidan qulay hududda joylashgan. Shu sababli, chet ellik ishbilarmonlar bizning hududda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirmoqda.

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM