Yashil makon

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Shu kunlarda Respublika bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha mahallar, tashkilot va korxonalar tomonidan ko‘chatlar ekilib, bog‘lar barpo qilinmoqda.

Ayni paytda Kattaqo‘rg‘on tumani Miyonkoltos irrigatsiya tizimiga qarashli Mixika to‘ldirish kanali hududida ham "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur hududda Yashil belbog‘larni barpo etish maqsadida, 300 tupdan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.

Hurmatli yurtdoshlar! Xayrli ishdan chetda qolmang! Mahallalar, guzarlar, ko‘chalar, yashash xonadonlarimiz atrofiga ko‘chatlar o‘tqazaylik!

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM