TABIATGA ZARAR YeTKAZGAN FUQAROGA 10 200 000 SO‘M JARIMA QO‘LLANILDI

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Yer osti boyliklaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan ekologik nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Kattaqo‘rg‘on tumani Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi kuzatuv reyd tadbiri amalga oshirildi.

Unda Mullako‘rpa mahallasida yashovchi fuqaro A.B boshqaruvida bo‘lgan  ekskavator bilan Yakkabog‘ mahalla hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosidan noqonuniy tarzda qum-shag‘al aralashmasini qazib olib, yuk tashuvchi mashinaga ortayotganligi aniqlandi. 

Huquqbuzarga nisbatan esa, MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, jami 10 200 000 so‘m jarima qo‘llanilib, tabiatga yetkazilgan zararni aniqlash ishlari olib borilmoqda.

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM