Kattaqo‘rg‘onda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ochildi

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini muvofiqlashtirib borish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilib, bu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida Kattaqo‘rg‘on tumanida ham “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi foydalanishga topshirildi.  

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi Jamshid Nasriddinov davlatimiz rahbari tashabbusi bilan so‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ko‘lami va turlarini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganini e’tirof etdilar. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi inson manfaatlari ustuvorligiga qaratilayotgan yuksak e’tiborning yorqin namunasi ekani ta’kidlandi.  

Markazning ochilish marosimida tuman sektorlar rahbarlari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi mas’ul xodimlari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda ijtimoiy xizmatlar markazining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari xususida so‘z yuritildi.

Ochilish marosimi so‘ngida bir guruh ijtimoiy ko‘makka muhtoj kishilarga nogironlik aravachalari tarqatildi.

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM