Samarqand viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Xondamir Umarov Kattaqo‘rg‘on tumanidagi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Muloqot doirasida yoshlarning orzu-istaklari, turli ko‘rinishdagi masala va muammolari eshitildi. Yuzma-yuz suhbat davomida yoshlardan ishga joylashish, uy-joy, avtomobil yuvish va ta’mirlash  uchun uskuna olish, fuqarolik pasporti hamda imtiyozli kredit olish borasidagi bir qator  murojaatlari tinglandi. 

Ularni turli yot oqimlar ta’siridan asrash, terrorizm va jinoyatchilik ta’siriga tushib qolmaslik, o‘qib bilim olishlari, kasb-hunar egallashi ustuvor vazifa ekanligi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida yoshlarning aniqlangan masala va muammolarini tizimli ravishda bartaraf etish borasida soha mas’ullariga vazifalar yuklatildi. 

Bu kabi uchrashuvlar boshqa hududlarda ham davom etmoqda.

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM