CHORSHANBA TADBIRKORLAR VA HOKIM YORDAMCHILARI BILAN ISHLASH KUNI

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Bugun Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Jamshid Nasriddinov tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, yangi taklif va tashabbuslarni ko‘rib chiqish, muhokama qilish hamda tegishli chora-tadbirlarni belgilash maqsadida navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli”ni o‘tkazdi. Qabulda tuman prokurori Shuhrat Xolmurzayev ham ishtirok etdi. 

Iqtisodiyotimiz tayanchi bo‘lgan tadbirkorlarning muammolarini hal etish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash birinchi galdagi masala ekanligi, har bir murojaat ijobiy hal etilishi lozimligi ta’kidlandi. 

Mahallalarda faoliyat yuritib kelayotgan hokim yordamchilari murojaat va takliflari bor tadbirkorlar bilan qabulda ishtirok etdi. Qilingan murojaat va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tuman rahbari aloqador mutasaddilarga tegishli  ko‘rsatma va vazifalarni berdi.

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM