KATTAQO‘RGʻONLIK QAHRAMONLAR HOLIDAN XABAR OLINDI

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Navro‘z bayrami munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on  tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, Kattaqo‘rg‘on garnizoni 02855 harbiy qism qo‘mondonligi, Kattaqo‘rg‘on tumani mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i Yusuf Mamataliyevlar va tegishli mas’ullar tumanda istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari: Bog‘ot mahallasida istiqomat qilib kelayotgan urush qatnashchisi Rahmat bobo Qobulov hamda Tarnov mahallasida istiqomat qilib kelayotgan urush qatnashchisi Rayim bobo Yusupovlar xonadonlarida bo‘lib, qahramonlarning holidan xabar olishdi.

Tashriflar jarayonida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini bayram bilan tabriklab, ularga pul mukofotlari, qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. 

Samimiy suhbatlar jarayonida qahramonlar Mustaqillik yillaridagi islohotlarni e’tirof etib, yurtimizga tinchlik, xonadonlarga xotirjamlik so‘rab duo qilishdi.

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM