“Tashabbusli budjet”ning 2024-yilgi 1-mavsumi g‘oliblarini tabriklaymiz!

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Joriy yil 1-fevraldan 4-aprel kuni soat 23:59 ga qadar o‘tkazilgan 1-mavsum “Tashabbusli budjet” jarayonlarida Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘yicha fuqarolar tomonidan jami 164 ta loyiha ilgari surilib, ularning 118 tasi ishchi komissiya tomonidan saralab olindi va ovoz berish bosqichiga o‘tkazildi.

Jamg‘armada shakllangan 16 837 400 000 so‘m mablag‘lar doirasida ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra tuman bo‘yicha 89 ta loyihaga 92 066 ta ovoz berilgan bo‘lib, shundan 13 ta loyiha 64 005 ta ovoz to‘plagan holda g‘olib deb topildi.

Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi “Tashabbusli budjet”ning 2024-yilgi 1-mavsumida faol ishtirok etgan barcha tumandoshlarimizga samimiy minnatdorchilik bildiradi.

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM