Tomorqa - rizq-ro‘z, qo‘shimcha daromad manbai, bandlikni, arzonchilikni ta’minlashning samarali yo‘lidir

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Mamlakatning iqtisodiy barqarorligi va aholining munosib hayot kechirishini ta’minlashda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, ularning yer maydonlaridan samarali foydalanish masalasi alohida o‘rin tutadi.

Shu sababli tomorqa yer egalari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni kengaytirish va buning samarasi o‘laroq yer egalarining daromadlarini ko‘paytirishga kabilarga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Aholini qo‘lida bo‘lib turgan tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanida ham keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Shu bois ham tumanda tomorqadan unumli foydalanib, mo‘l daromad tepayotgan dehqonlar ko‘paymoqda. Zahmatkashlar yetishtirgan hosil orqali avvalo o‘z oilasi undan keyin esa bozorlarimizni arzon va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘ldirmoqdalar.

Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi Jamshid Nasriddinov va tuman prokurori Shuxrat Xolmurzayevlar boshchiligida bo‘lib o‘tgan seminarda tumanning Tavaron mahallasi hududida joylashgan Qodir Xoliqov xonadoni ko‘rildi. Har bir qarich yerdan samarali foydalanib, yiligi 3 martagacha hosil olayotgan ushbu xonadon hudud ahliga namuna bo‘layotgani bor gap. Tomorqa egasi malina, uzum, qulupnay, turli xil rezavorlar yetishtirib, daromad topmoqda. 

Shuningdek, shu mahallada yashovchi Mashxura Murodova xonadonida bo‘ldi. Mashxura Murodova 50-60 kvadrat joyda 300 ta tuxumga mo‘ljallangan tovuq boqib, oyiga 3 mln atrofida daromad topmoqda. 

Shundan so‘ng, Mullako‘rpa mahallasida yashovchi Maloxat Erdoshova xonadonida bo‘ldi. Issiqxonasidan bir yilda 3 marta hosil olayotgan ushbu xonadonda hozir turli xildagi ekinlar ko‘chalari yetishtirilmoqda.  

Tuman rahbari seminar ishtirokchilariga bu kabi namunaviy xonadonlar har bir tuman hududida bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM